Admin Panel va Dashboard Ishlab Chiqish Xizmati: Biznes Ma'lumotlarini Bitta Joydan Boshqaring
Retool yoki Forest shabloni emas — sizning ma'lumot strukturasi va biznes mantig'i asosida quriladigan admin panel. Mahsulot, buyurtma, mijoz va xodim — barchasi bitta interfeysda.
Sizning ma'lumotingiz uchun aniq qurilgan
Shablon panel emas — sizning ob'ektlar, statuslar va biznes qoidalari asosida quriladi. Foydalanmaydigan tab va menyu yo'q, har ekran ish jarayoningizga moslashgan.
Oylik to'lov va litsenziya yo'q
Bir marta to'lash — panel butunlay sizniki. Retool $10/foydalanuvchi/oy yoki Forest litsenziyasi kabi to'lovlar yo'q, foydalanuvchi qo'shilsa qo'shimcha to'lov ham yo'q.
Mavjud bazaga ulanadi
Yangi tizim yaratish shart emas — sizning hozirgi ma'lumotlaringizga (PostgreSQL, MySQL, Google Sheets, mavjud API) panel quriladi. Ma'lumot migratsiyasi shart emas.
Kimga mos
Marketplace va e-commerce egalari
Mahsulot katalogi, buyurtmalar, qaytarishlar, mijozlar va to'lovlar — barchasi bitta panelda. Standart e-commerce admin'da yetishmaydigan kustom hisobotlar va workflow uchun.
Onlayn xizmat va SaaS loyihalar
Foydalanuvchilar, obunalar, to'lov tarixi va support tiketlari — bir paneldan boshqaruv. Kustom KPI va analitika dashboardlari bilan.
B2B kontent va workflow kompaniyalar
Kontent yaratish, tasdiqlash bosqichlari, publish va arxiv — uzun ko'p bosqichli ish jarayonlari uchun. Har bosqichda kim mas'ul va deadline ko'rinadi.
Mahalliy biznes (ta'lim, ko'chmas mulk, xizmat ko'rsatish)
Bron, mijoz tarixi, xodim ish vaqti, ichki hisobotlar — ichki tizim sifatida. Bayron tizim sizning maxsus ish jarayoningizni qamramaydi.
Xizmatga nima kiradi
- Login va foydalanuvchi rollari (admin, menejer, operator — har biri o'z huquqi bilan)
- CRUD interfeys — har ob'ekt turi uchun (mahsulot, mijoz, buyurtma va boshqalar)
- Filterlash, qidiruv va saralash — katta ro'yxatlar uchun ham tez
- CSV/Excel eksport va import — ommaviy ish uchun
- Dashboard — asosiy KPI, grafiklar va kunlik/oylik xulosalar
- Audit log — kim, qachon, nima o'zgartirgani saqlanadi
- Bildirishnomalar — yangi buyurtma, deadline, ogohlantirish
- Click va Payme webhook bilan to'lov tasdiqlash
- Telegram bot integratsiyasi — admin'ga muhim eventlar
- Mavjud ma'lumot bazasiga ulanadi (PostgreSQL, MySQL, Google Sheets, API)
- Mobile-responsive interfeys — telefondan ham boshqaruv
- Jamoaga 1 ish kuni training va qo'llanma
- 1 oy bepul support — savollar va kichik o'zgartirishlar
Jarayon
- 1
Ma'lumot strukturasi va workflow tahlili
2–4 kunSizning ob'ektlar, statuslar va biznes qoidalarini chiqaramiz. Har foydalanuvchi roli nima qilishini va qaysi ekranlarni ko'rishini aniqlaymiz.
- 2
Dizayn Figma'da
3–5 kunAsosiy ekranlar (ro'yxat, detal, dashboard) Figma'da ko'rsatiladi va tasdiqlanadi. Ikki bosqichli revizyon kiradi.
- 3
Development va integratsiyalar
8–18 kunPanel kodi yoziladi, sizning bazaga ulanadi, Click/Payme va Telegram bot ulab beriladi. Audit log va bildirishnomalar sozlanadi.
- 4
Test, training va deploy
2–3 kunPanel jamoa bilan test qilinadi, har foydalanuvchi o'z ishini ko'rsatadi. Tushunmagan joylar qo'llanmaga yoziladi va sizga topshiriladi.
Nima uchun KATOV
- Har bir loyihaga alohida yondashuv — biznesingiz va mijozlaringizga moslashtirilgan yechim
- Retool/Forest shabloni emas — sizning ma'lumot strukturasi va biznes qoidalari asosida quriladi
- Oylik to'lov va litsenziya yo'q — bir marta to'lash, foydalanuvchi soniga cheklov yo'q
- Mavjud ma'lumot bazasiga ulanadi — yangi tizim yaratish shart emas
- Click/Payme va Telegram bot integratsiyasi — standart paket
- Mobile-responsive — telefon va planshetdan ham boshqaruv
- Source code va dokumentatsiya beriladi — kelajakda boshqa jamoaga topshirish mumkin
- 1 oy bepul support + 1 ish kuni jamoaga training
Tez-tez beriladigan savollar
Admin panel uchun bepul konsultatsiya
Sizning ma'lumot strukturasi va workflow'ingizni birga ko'rib chiqamiz. Konsultatsiya bepul, 1 ish kuni ichida bog'lanamiz.


