Sayt yaratish xizmati: narxlar va buyurtma berish jarayoni
O'zbekistonda biznes uchun sayt yaratish xizmati haqida qo'llanma. Narxlar, sayt turlari va to'g'ri tanlov qilish bo'yicha tavsiyalar.
O'zbekistonda biznes uchun sayt yaratish xizmati yildan-yilga ko'proq talab qilinmoqda. Lekin ko'pchilik tadbirkorlar bir xil savollarga duch keladi: Sayt qilish qancha turadi? Nima uchun narxlar bunchalik farq qiladi? Arzon va qimmat sayt o'rtasida qanday farq bor?
Bu maqolada aynan shu savollarga aniq javob beramiz — KATOV tajribasi asosida.
O'zbekiston, 2025-yil
Manba: DataReportal, Stat.uz, UNDP
Potensial mijozlaringiz sizni Google'da qidirmoqda. Lekin saytingiz bo'lmasa, qanday qilib sizni topishsin? "Instagram borku" deysizmi? Lekin Google natijalarida Instagram sahifangiz emas — raqobatchingizning sayti chiqadi.
Sayt yaratish narxi nimaga bog'liq?
Sayt narxi bitta raqam emas. U bir nechta omilga qarab shakllanadi.
Saytning maqsadi aniq bo'lishi kerak
"Shunchaki sayt bo'lsin" degan yondashuv natija bermayapti. Sayt ishlab chiqishdan oldin saytning asosiy maqsadini aniq bilish kerak:
- Mijozlar oqimini ko'paytirish
- Biznesni avtomatlashtirish
- Raqamli platforma qurish
Maqsad aniq bo'lmasa, na narxni to'g'ri baholash mumkin, na kutuvlarni to'g'ri qo'yish. Shu sababli biz har bir loyihani dizayn yoki texnologiyadan emas, avvalo aniq maqsadni belgilashdan boshlaymiz.
Sayt asosan biznesdagi qaysi muammolarni yechadi?
| Muammo | Yechim |
|---|---|
| Mijoz topish faqat tanish-bilish va reklamagagina bog'liq | Sayt sizga mustaqil ravishda, o'zi ishlaydigan mijoz manbai bo'lib beradi |
| Odamlar sizni jiddiy qabul qilmaydi | Sayt biznesingizni ishonchli va professional ko'rsatadi |
| Har bir mijoz bilan hammasini boshidan tushuntirishga to'g'ri keladi | Sayt xizmatlaringizni oldindan tushuntirib beradi, siz faqat tayyor mijoz bilan gaplashasiz |
| Qaysi yo'nalish foyda keltiryapti, qaysisi yo'q — aniq emas | Sayt orqali qaysi xizmat yoki kanal real natija berayotganini ko'rasiz |
| Biznes jarayonlaringiz tizimli emas | Sayt jarayonlarni tartibga solib, ishni yengillashtiradi |
Agar biznesingizdagi muammoga sayt orqali yechim olmoqchi bo'lsangiz: +998 33 888 01 33 raqamiga bog'laning — sizga eng to'g'ri yechimni taklif qilamiz.
Narx nimalarga bog'liq?
Sayt narxini bino qurishga o'xshating — har bir qavat qo'shilgan sari qiymat oshadi:
| Omil | Daraja | Oddiy → Murakkab |
|---|---|---|
| Maqsad | ●●●●● | Vizitka → Platforma |
| Dizayn | ●●●●○ | Shablon → Premium |
| Funksional | ●●●●○ | Statik → CRM |
| Sahifalar | ●●●○○ | 1–3 → Cheksiz |
| Integratsiya | ●●●○○ | Yo'q → API |
| SEO | ●●○○○ | Asosiy → Maksimal |
| Kontent | ●●○○○ | O'zi → Pro |
| Qo'llab-quvvatlash | ●○○○○ | Yo'q → Doimiy |
Xulosa oddiy: maqsad qanchalik katta bo'lsa — sayt ham shunchalik murakkab va narxi ham yuqori. Lekin to'g'ri investitsiya albatta o'zini oqlaydi.
Sayt turlari va narxlar
KATOV uchta asosiy tarif bo'yicha ishlaydi. Har biri aniq biznes ehtiyojiga mo'ljallangan:
Tariflarni solishtirish
| Minimal | Standart | Individual | |
|---|---|---|---|
| Narx | $270+ | $870+ | $1700+ |
| Sahifalar | 1–3 | 5–10 | 10+ |
| Dizayn | O'rta | Individual | Premium |
| Admin panel | — | ✓ | ✓ (kengaytirilgan) |
| Telegram bot | — | ✓ | ✓ |
| Analitika | Asosiy | Batafsil | Kengaytirilgan |
| SEO | Asosiy | To'liq | Maksimal |
| Muddat | 7–10 kun | 14–21 kun | 30–60 kun |
| Kim uchun? | Kichik bizneslar | O'suvchi bizneslar | Katta kompaniyalar |
Minimal — $270+
Sotuvga yo'naltirilgan 2–5 sahifali website. Zapusk, landing yoki oddiy vizitka sayt qilmoqchi bo'lganlar uchun.
Nimalar kiradi:
- Mijoz olib kelishga yo'naltirilgan conversion sahifa
- Kuchli taklif (offer) va aniq CTA tuzilmasi
- Lead yig'ish tizimi (forma yoki Telegram orqali)
- Asosiy SEO sozlamalari va sayt tezligini optimizatsiya
- Analytics: trafik va leadlarni o'lchash
Standart — $870+
Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va foydalanuvchilarni tahlil qilish uchun. O'sishga tayyor bizneslar uchun qulay yechim.
Nimalar kiradi:
- Kuchli biznes sahifa
- Lead va trafikni boshqarish uchun admin panel
- Batafsil analitika va tushunarli hisobotlar
- Marketing voronkasi asosida tuzilgan logika
- Telegram bot integratsiyasi
- Avtomatik javoblar va bildirishnomalar
Individual — $1700+
Katta maqsadli bizneslar va texnologik startaplar uchun. Noldan quriladigan platforma — faqat bugun uchun emas, biznes bilan birga o'sish uchun.
Nimalar kiradi:
- To'liq moslashtirilgan website yoki web platforma
- Kengaytirilgan analitika va mijoz yo'li (funnel)
- Foydalanuvchilarni segmentlash va boshqarish tizimi
- Telegram botlar va avtomatlashtirilgan ish jarayonlari
- SEO va ishlash tezligini maksimal optimizatsiya
Siz xohlagan sayt narxi qanchaga tushishi o'ylantiryaptimi?
Tugmani bosish orqali hozirgi sahifani tark etasiz!
Nima uchun narxlar juda farq qiladi?
Bir kompaniya "200$ ga sayt qilamiz" deydi, boshqasi "2000$" deydi. Bu tabiiy holat.
Arzon va sifatli sayt: farqi nimada?
| Arzon sayt ($100–200) | Sifatli sayt ($500+) | |
|---|---|---|
| Asos | Tayyor shablon | Biznesga mos dizayn |
| Tezlik | 2–3 kun | 7–30 kun |
| Natija | Shunchaki bor | Mijoz olib keladi |
| SEO | Yo'q yoki minimal | Optimizatsiya qilingan |
| Qo'llab-quvvatlash | Yo'q | Mavjud |
| Kelajakda o'sish | Cheklangan | Moslashuvchan |
Savol narxda emas. Asosiy savol — sayt o'zini oqlaydimi yoki yo'q.
Raqamlar bilan gaplashamiz
| Statistika | Manba |
|---|---|
| 97% odamlar mahalliy bizneslarni internetdan qidiradi | BrightLocal |
| 75% foydalanuvchilar kompaniya ishonchliligini saytiga qarab baholaydi | Stanford Web Research |
| 53% mobil foydalanuvchilar 3 soniyadan ko'p yuklanadigan saytni tark etadi | |
| 88% onlayn xaridorlar yomon dizayndagi saytga qaytmaydi | Sweor |
Sayt buyurtma berishdan oldin ushbu savollarga javobingiz tayyor bo'lishi kerak:
- "Sayt nima uchun kerak?" — bu savolga aniq javob bo'lmasa, sayt ham noaniq chiqadi
- Sayt kim uchun qilinmoqda? — maqsadli auditoriyangiz kim: yoshlarmi, biznes egalarimi, tez qaror qiluvchilarmi?
- Sayt reklama bilan ishlaydimi? — ko'pchilik avval sayt qiladi, keyin reklama qo'shadi. Aslida sayt reklamaga moslab qilinishi kerak
- Keyin o'zgartirish mumkinmi? — admin panel bo'lmasa, har bir kichik o'zgarish uchun mutaxassisga murojaat qilishga to'g'ri keladi
- Kim natija uchun javob beradi? — faqat "sayt tayyorlab beramiz" yetarli emas. Muhimi — natija haqida gap bormi
Tavsiya: Sayt buyurtma berishdan oldin o'zingizga 1 ta savol bering: "Saytim orqali oyiga nechta mijoz olmoqchiman?" — bu javob butun loyiha yo'nalishini belgilaydi.
KATOV bilan ishlash jarayoni
KATOV da loyiha quyidagi bosqichlardan o'tadi:
| Bosqich | Nima bo'ladi | Muddat |
|---|---|---|
| 1. Konsultatsiya | Biznes va maqsadni tushunish — bepul | 1 kun |
| 2. Taklif | Struktura va yechim ishlab chiqish | 2–5 kun |
| 3. Dizayn | Dizayn konsepsiyasini tasdiqlash | 2–5 kun |
| 4. Dasturlash | Kod yozish | Loyihaga bog'liq |
| 5. Ishga tushirish | Saytni deploy qilish | 1 kun |
| 6. Kuzatuv | Natijani o'lchash va yaxshilash | Doimiy |
Agar bu bosqichlarning yarmi yo'q bo'lsa — sayt shunchaki "tayyorlangan" bo'ladi, "ishlaydigan" emas.
Biz bilan hamkorlik qilmoqchi bo'lsangiz bog'lanish sahifasiga o'tib raqamingizni qoldiring yoki +998 33 888 01 33 raqamiga qo'ng'iroq qiling.